Bugun 1 may, 2024 yil, chorshanba

КИР

Isroil Rossiya manfaatlariga qarshi bayonot berdi

Isroil Rossiya manfaatlariga qarshi bayonot berdi

Ukrainaning suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekanini bildirgan Isroil, rossiyaparast bo‘lginchilar nazoratidagi hududlarda o‘tkazilgan referendumlarni tan olmasligini e’lon qildi.

Isroil Tashqi ishlar vazirligi tomonidan berilgan bayonotda Ukraina sharqidagi rossiyaparast bo‘lginchilar nazorati ostidagi so‘zda Donesk va Lugansk xalq respublikalari, Zaporojye va Xerson viloyatlarida o‘tkazilgan referendumlar tan olinmasligi bildirildi.

Bayonotda Isroilning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligiga sodiq ekani qayd etildi.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin referendum natijalarini qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi.

Ukraina Tashqi ishlar vaziri Dmitro Kuleba referendum qarorlariga munosabat bildirib, “Soxta referendum hech narsani o‘zgartirmaydi” degan edi.

Referendum natijasida Rossiyaning ushbu hududlarni anneksiya qilishi kutilar ekan, rasmiy Moskva referendumdan keyin Rossiya hududi deb hisoblangan hududlarni himoya qilish uchun strategik yadro qurollaridan ham foydalanishlari mumkinligini bildirmoqda.

Kiritildi: 21:23 28.09.2022. O'qildi: 5177 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!