Bugun 23 mart, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil Rafah shahri hududida quruqlikdagi operasiya boshlanganini e’lon qildi

Isroil Rafah shahri hududida quruqlikdagi operasiya boshlanganini e’lon qildi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidagi Rafah shahri hududida quruqlikdagi operasiya boshlanganini e’lon qildi.

"Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida bir kun avval boshlangan quruqlikdagi operasiya hududini Misr bilan chegara yaqinidagi Rafah shahrigacha kengaytirdi. Ular bir vaqtning o‘zida G‘azoning shimoliy va markaziy qismida quruqlikdagi operasiyalarni davom ettirmoqda", deya xabar berdi SAXAL matbuot xizmati.

SAHAL shuningdek, G‘azo sektoridagi HAMAS pozisiyalariga aviazarba berganini tasdiqlab, o‘z maqsadini “terrorchilar infratuzilmasini yo‘q qilish” deb atadi.

G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, so‘nggi kunlarda Isroil havo hujumlari va janglarda 530 dan ortiq kishi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 10:34 21.03.2025. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!