Isroil mudofaa armiyasining 810-brigadasi bo‘linmalari Suriya janubidagi sobiq prezident Bashar Asad davrida Suriya armiyasining Xermon tog‘i hududidagi markaziy shtab-kvartirasi sifatida foydalanilgan harbiy pozisiyani aniqladi va yo‘q qildi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati xabar berdi.
"810-brigada qo‘shinlari, jumladan, desantchilar va "Yaxalom" muhandislik bo‘linmasi sobiq Suriya rejimi davrida Xermon tog‘i hududi uchun mas’ul bo‘lgan bo‘linmaning markaziy shtabida operasiyani yakunladi. Operasiya doirasida qo‘shinlar Suriya sobiq rejimiga tegishli harbiy infratuzilmani, jumladan bunkerlarni, shuningdek, katta miqdordagi qurol-yarog‘larni, jumladan, to‘plar, uchirish moslamalari, minomyotlar, raketalar, portlovchi qurilmalar va minalarni topdi," - deyiladi bayonotda.
Matbuot xizmatining qayd etishicha, barcha qurollar Isroil qo‘shinlari tomonidan yo‘q qilingan yoki musodara qilingan.