Falastinlik mahbuslar Isroilning bosib olingan G‘arbiy sohildagi Ofer harbiy qamoqxonasida chidab bo‘lmas, g‘ayriinsoniy sharoitlarda saqlanayotgani ma’lum qilindi. Bu haqda Falastin Ozodlik Tashkilotining Asirlar va ozod qilinganlar qo‘mitasi bayonot berdi.
Qo‘mitaga ko‘ra, mahbuslar hisobotlari Ofer qamoqxonasida inson huquqlarining qo‘pol ravishda buzilayotganini ochiq-oydin tasdiqlamoqda. Tashkilot Isroil hukumatini mahbuslarga nisbatan noinsoniy muomalani darhol to‘xtatishga chaqirdi.
Falastinning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 9 noyabr holatiga Isroil qamoqxonalarida taxminan 9250 nafar falastinlik saqlanmoqda, ularning aksariyati ma’muriy tartibda hibsga olinganlardir.