Bugun 24 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

O‘zbekistondagi barcha qurilish tashkilotlari jiddiy ogohlantirildi

O‘zbekistondagi barcha qurilish tashkilotlari jiddiy ogohlantirildi

O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi tomonidan barcha qurilish tashkilotlariga qurilish maydonlarida atmosfera havosini muxofaza qilish bo‘yicha belgilangan talablarga so‘zsiz rioya etilishi shart ekanligi borasida tegishli talab yo‘llanmoqda.

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, barcha qurilish tashkilotlari quyidagi talablarni bajarishga majbur:

— qurilish jarayonida chang va qum zarrachalarining havoga ko‘tarilishiga yo‘l qo‘ymaslik;
— qurilish maydoniga kirib-chiqish yo‘laklarida osma yomg‘irlatgich va suv purkagichlar o‘rnatish;
— avtotransport vositalari g‘ildiraklarini majburiy tarzda yuvish uchun yuvish shoxobchasini tashkil etish;
— chang tarqalishining oldini olish maqsadida qurilish maydonini to‘siqlar, himoya qoplamalari va maxsus materiallar bilan jihozlash.

Diqqat!
Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksga muvofiq jarima va boshqa ma’muriy choralar qo‘llanilishi, shuningdek, faoliyat 10 ish kunigacha to‘xtatilishi yoki belgilangan tartibda butunlay tugatilishi mumkin.

Kiritildi: 23:25 23.11.2025. O'qildi: 320 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!