Isroil prezidenti Ishak Gersog Yaqin Sharqdagi siyosiy kuchlarni Eronga qarshi birgalikda ishlashga va radikallarga qarshi kurashda NATO kabi ittifoq tuzishga chaqirdi.
"Gersog mintaqa aholisi va siyosiy kuchlariga, xususan, Eron va Livan xalqiga murojaat qilib, Eron va u tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi turli radikal guruhlarga qarshi birga turishga chaqirdi. Shu bilan birga, bu erishish mumkin bo‘lgan maqsad ekanligiga umid bildirdi", — deyiladi Al Arabiya telekanali xabarida. .
Isroil prezidentining so‘zlariga ko‘ra, Yaqin Sharq xavfsizligiga haqiqiy tahdid Eron hisoblanadi.