Bugun 13 iyul, 2025 yil, yakshanba

КИР

Isroil prezidenti Turkiya bilan diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash haqida gapirdi

A A A
Isroil prezidenti Turkiya bilan diplomatik munosabatlarni to‘liq tiklash haqida gapirdi

Isroil prezidenti Isxak Gersog Turkiya bilan to‘liq diplomatik munosabatlarning tiklanishi Isroil va turk xalqlari o‘rtasidagi do‘stlik bilan birga iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashga xizmat qilishini aytdi.

“Turkiya bilan to‘liq diplomatik munosabatlarning tiklanishini olqishlayman – bu Isroil va turk xalqlari o‘rtasidagi iqtisodiy aloqalar, o‘zaro turizm va do‘stlikni mustahkamlaydigan muhim voqea”, — deyiladi Gersog bayonotida.

U Yaqin Sharqda sheriklik ruhi muhimligini qayd etdi.

Avvalroq Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Turkiya elchi tayinlash va Isroil bilan diplomatik munosabatlarni tiklashga qaror qilganini ma’lum qilgandi.

Kiritildi: 18:17 17.08.2022. O'qildi: 2164 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!