Isroil bu mamlakatda faoliyat yuritayotgan “Ansor Alloh” (husiylar) isyonchi harakatining hujumlariga javoban Yamanga zarba berishda davom etadi va uning yetakchisi Abdel Malek al-Hutiyni yo‘q qilishga tayyor.
Bu ogohlantirish X ijtimoiy tarmog‘ida yahudiy davlati mudofaa vaziri Israel Kas tomonidan Isroilning Yaman portlariga yangi qator aviazarbalaridan so‘ng berilgan.
Uning eslatishicha, avvalroq isroillik harbiylar Falastinning Hamas harakati harbiy qanoti rahbari Muhammad al-Deyf va shu harakat rahbari Yahyo Sinvar, shialarning Hizbulloh partiyasi bosh kotibi Hasan Nasrulloh va Hamas siyosiy byurosi rahbari Ismoil Haniyani yo‘q qilgan edi.
"Aytganimizdek, agar husiylar Isroilga raketa otishni davom ettirsalar, ular og‘riqli zarbalarga duchor bo‘lishadi. G‘azoda al-Deyf va Sinvar, Bayrutdagi Nasrulloh va Tehrondagi Xoniya bilan bo‘lgani kabi terrorga boshchilik qilganlarga ham zarba beramiz. Shuningdek, Yamanda Abdel Malek al-Hutiyni ovlaymiz va yo‘q qilamiz. Biz o‘zimizni har qanday jangarilardan himoya qilamiz", deb yozdi.