Isroil Milliy xavfsizlik vaziri Itamar Ben-Gvir polisiyaga masjidlarda azon uchun ovoz kuchaytirgichlardan foydalanishni taqiqlashni buyurdi. Bu haqda vazirning bayonotiga tayangan holda Isroil Channel 12 xabar berdi.
Yangi ko‘rsatmalarga ko‘ra, polisiya masjidlarga kirish va ovoz moslamalarini musodara qilish huquqiga ega bo‘ladi. Karnaylardan foydalanish uchun jarimalar mavjud.
Ben-Gvirning so‘zlariga ko‘ra, bu chora yahudiylar va arablar birga yashaydigan aholi punktlarida shovqinga qarshi kurashishga qaratilgan.
Aholisi aralash shaharlar hokimiyati tashabbusni qoralab, uni provokasion va ommaviy tartibsizliklarni keltirib chiqarishga qodir, deb atadi. Arab partiyalari vakillari va bir qator muxolifat deputatlari ham Ben-Gvirning xatti-harakatlarini tanqid qilib, ularning kamsitish xususiyatini qayd etishdi.