Bugun 24 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil maktabga hujum qilib, 25 falastinlikni o‘ldirdi

Isroil maktabga hujum qilib, 25 falastinlikni o‘ldirdi

Isroil havo kuchlari Xon Yunis shahri yaqinidagi maktabga 9 iyul kuni hujum uyushtirishi oqibatida kamida 25 nafar falastinlik halok bo‘ldi. Bu haqda G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi bayonotiga asoslanib, CNN nashri xabar berdi.

Manbada aytilishicha, Isroil aviasiyasi maktab hududini ogohlantirishsiz o‘qqa tutgan. Oqibatda 25 kishi voqea joyida halok bo‘lgan, o‘nlab fuqarolar jiddiy jarohat olgan.

“Xon Yunis shahri sharqidagi Abasan shaharchasida ko‘chirilgan falastinliklar yashaydigan maktab darvozasi nishonga olingan. Bu ko‘chirilgan fuqarolarga nisbatan dahshatli qirg‘indir”, — deyiladi G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligi xabarida.

Rasmiylar jarohatlanganlar soni 53 nafar ekanligini xabar qilgan. Ularning ba’zilari o‘ta og‘ir darajada jarohatlangan. Qurbonlar soni ortishi mumkinligi xabar qilingan. Hodisada shikastlanganlarning ko‘pchiligi Nosir kasalxonasiga olib ketilgan.

Ma’lumot o‘rnida, Isroil avvalroq G‘azo markazidagi Falastinlik qochqinlar bo‘yicha BMT agentligi tomonidan boshqariladigan maktabga ham zarba bergan edi. Hujumda 16 nafar falastinlik halok bo‘lgan. UNRWA agentligiga qarashli al-Jauniy maktabida Nuseyrat lageridan ko‘chirilgan falastinliklar istiqomat qilayotgan bo‘lgan.

Kiritildi: 11:10 10.07.2024. O'qildi: 1019 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!