Bugun 18 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Madrimov: "Bu kunni 6 yil kutdim..."

A A A
Isroil Madrimov: "Bu kunni 6 yil kutdim..."

Supero‘rta vazn toifasida WBA chempioni Isroil Madrimov jangdan keyingi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"His tuyg‘ular ajoyib. Men bu lahzani anchadan buyon kutayotgan edim. 2018 yil prof boksda debyut qilganimdan beri men bu kamarga ega chiqishni xohlardim. Men hozir shu yerda, Saudiyadaman va bu kamar meniki! Chempionlik kamari endi O‘zbekistonga boradi", - dedi Madrimov.

Eslatib o‘tamiz, hamyurtimiz tongda rossiyalik Magomed Kurbanovga qarshi jang qilib, 5-raundda raqibini texnik nokautga uchratgan va bu bilan rossiyalik bokschiga faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatni taqdim etgandi.

Kiritildi: 11:07 09.03.2024. O'qildi: 1480 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!