Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

Isroil Livanga eng yirik havo hujumini uyushtirdi

Isroil Livanga eng yirik havo hujumini uyushtirdi

Isroil armiyasi 19 sentyabr kuni tunda Livan janubiga eng yirik havo hujumini uyushtirdi. Hujum oqibatida “Hizbulloh” guruhining 1000 ga yaqin raketasi yo‘q qilindi. Bu haqda yahudiy davlati armiyasi xabar berdi.

Asosiy nishon “Hizbulloh” harbiy infratuzilmasi bo‘lgan. Oqibatda 100 ta uchirish qurilmasi, shuningdek, Isroil hududiga qarata uchirishga tayyor bo‘lgan 1000 dan ortiq raketa yo‘q qilingan. Isroilning ayrim Telegram kanallari bu so‘nggi bir yil ichida “Hizbulloh” ob’ektlariga qarshi amalga oshirilgan eng yirik hujum bo‘lganini ta’kidlamoqda.

Hujumdan oldin “Hizbulloh” jangchilari Isroil armiyasining chegaradagi 17 ta pozisiyasiga zarba bergan.

“Islomiy qarshilik jangchilari dushman Isroilning Mituldagi tayanch punktiga raketa zarbasini berdi”, deyiladi Livan guruhi bayonotida.

“Hizbulloh” kazarmalar, boshqa tayanch punktlari va Isroil armiyasining to‘planish joylari ham zarba ostida qolgani, natijada Isroil harbiylari orasida halok bo‘lganlar va yaradorlar borligini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 09:47 20.09.2024. O'qildi: 820 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!