Bugun 19 noyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Isroil Livan janubidagi XAMASning o‘quv lageriga hujum qildi

Isroil Livan janubidagi XAMASning o‘quv lageriga hujum qildi

Isroil armiyasi Livan janubidagi XAMASning o‘quv lagerida faoliyat yuritayotgan terrorchilarga zarba berdi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qilgan.

"Isroil Livan janubidagi Ayn-al-Hilve (Falastin qochqinlar lageri) hududidagi XAMASning o‘quv lagerida faoliyat yuritayotgan terrorchilarga zarba berdi. Zarba berilgan harbiy lagerdan XAMAS terrorchilari Isroil askarlari va Isroil davlatiga qarshi terrorchilik hujumlarini rejalashtirish va amalga oshirish uchun mashg‘ulotlar o‘tkazishda foydalanilgan”, — deyiladi bayonotda.

Matbuot xizmati “zarbalar oldidan tinch aholiga yetkaziladigan zararni minimallashtirish choralari ko‘rilgani”, jumladan, “aniq boshqariladigan o‘q-dorilardan foydalanish”, “havo kuzatuvi” va “qo‘shimcha razvedka ma’lumotlari to‘plangani”ni qayd etgan.

“Isroil Livandagi XAMAS jangarilariga qarshi harakat qilmoqda va ular qayerda bo‘lishidan qat’i nazar, XAMAS terrorchilariga qarshi harakatlarini davom ettiradi”, — dedi Isroil armiyasi.

Kiritildi: Bugun 09:30. O'qildi: 265 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!