Isroil xavfsizlik kuchlari G‘arbiy Sohilda bir kecha-kunduzda o‘tkazgan aksilterror reydlari chog‘ida qidiruvdagi 16 nafar falastinlikni, jumladan, HAMASning yuqori martabali a’zosini qo‘lga oldi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi tungi amaliyotlar chog‘ida SAXAL kuchlari qidiruvdagi 16 nafar falastinlikni, shu jumladan, ikki nafar HAMAS a’zosini qo‘lga olgan.
“Hamas terror tashkilotining yuqori martabali a’zosi... Shavarva qishlog‘ida qo‘lga olindi”, — deyiladi xabarda.