Bugun 10 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil Iroq hududida maxfiy harbiy baza qurganmi?

Isroil Iroq hududida maxfiy harbiy baza qurganmi?

Wall Street Journal nashrining ta’kidlashicha, Isroil Eron bilan sodir bo‘lgan so‘nggi harbiy to‘qnashuvlardan ancha avval Iroq sahrosining ichkarisida to‘liq maxfiylashtirilgan harbiy ob’ekt barpo etgan.

Jurnalistlarning ma’lumotlariga ko‘ra, qurilish ishlari rasmiy Vashingtonning roziligi bilan amalga oshirilgan. Biroq AQSh qurolli kuchlari bu jarayonda bevosita ishtirok etmagan.Mazkur baza Isroil harbiy havo kuchlarining Eron pozisiyalariga bergan zarbalarida asosiy bo‘g‘in vazifasini o‘tagan. Bu shunchaki uchish-qo‘nish yo‘lagi emas, balki to‘laqonli harbiy majmua sifatida faoliyat yuritgan.

Manbaga ko‘ra, ob’ekt hududida maxsus topshiriqli bo‘linmalar joylashtirilgan va havo logistikasi markazi tashkil etilgan. Bu Isroilga Eron chegaralari yaqinida turib, harbiy operasiyalarni muvofiqlashtirish va aviasiyani zarur resurslar bilan ta’minlash imkonini bergan.

Hozircha Iroq rasmiylari yoki Isroil mudofaa vazirligi ushbu rezonansli ma’lumot yuzasidan hech qanday izoh bermadi.

Kiritildi: Bugun 16:00. O'qildi: 399 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!