Isroil harbiylari 2023-yil 7-oktyabrdagi dahshatli terakt tashkilotchisi Yahyo Sinvarning ukasi, HAMAS terrorchilik tashkiloti harbiy qanoti yetakchisi Muhammad Sinvarni o‘ldirdi.Yahyo Sinvar 2024-yilda o‘ldirilgan.
Operasiya 13-may kuni o‘tkazildi. Isroil harbiy-havo kuchlari G‘azo sektori janubidagi Xon Yunis hududidagi nishonga bunker buster bombalarini tashladi. Portlash natijalarini tasdiqlash uchun bir necha kun kerak bo‘ldi.
Saudiya Arabistonining Al Hadath nashriga ko‘ra , o‘sha operasiya natijasida Rafah brigadasi qo‘mondoni Muhammad Sinvar va XAMASning o‘nga yaqin dala qo‘mondonlari o‘ldirilgan.