Isroil Falastindagi vaziyatni tergov qilishda Xalqaro jinoiy sud (ICC) bilan hamkorlik qilmaydi.
Bu haqda Isroil TIV rasmiy vakili Lior Ben-Dor ma’lum qildi, deb yozadi Xorijiy nashrlar.
“Biz Xalqaro jinoiy sud bilan hamkorlik qilmaymiz, chunki biz fuqarolarimizning huquqlarini himoya qilamiz va terrorizmga qarshi kurashamiz”, dedi isroillik diplomat.
Ben-Dorning so‘zlariga ko‘ra, Isroil ICC tergov komissiyalariga ishonmaydi, chunki ularning kun tartibi "oldindan ma’lum".