Bugun 11 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Isroil “Hizbulloh” bilan sulhga rozi bo‘ldi — Reuters

A A A
Isroil “Hizbulloh” bilan sulhga rozi bo‘ldi — Reuters

"Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv 27 noyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:00 dan kuchga kirishi kerak", deya xabar beradi agentlik.

"Biz Qo‘shma Shtatlar bilan kelishilgan holda harbiy harakatlar uchun to‘liq erkinlikni saqlab qolamiz. Agar “Hizbulloh” kelishuvni buzsa — qurollanishga, infratuzilma qurishga yoki raketa uchirishga harakat qilsa – biz zarba beramiz", — deya ta’kidladi Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu.

Avvalroq CNN Isroil rasmiylariga tayanib, Netanyahu sulh bitimining asosiy tamoyillarini ma’qullagani haqida xabar bergan edi. Ommaviy axborot vositalari bu 60 kunlik sulhni, shuningdek, Livan janubida Isroil tomonidan yaratilgan bufer zonani yo‘q qilishni o‘z ichiga olganini yozgan.

Kiritildi: 06:42 27.11.2024. O'qildi: 806 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!