Chorshanba kuni kechqurun Isroil havo kuchlari Isfahon va Shirozdagi Eron harbiy nishonlariga bir qator havo hujumlarini amalga oshirdi.
Bu haqda Isroil ommaviy axborot vositalari Isroil mudofaa kuchlari vakili Effi Defringa tayanib xabar berishdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, 20 dan ortiq nishonga, jumladan, Isfahondagi “Gadr” ballistik raketalari saqlanadigan ikkita joyga zarba berilgan. Operasiya natijasida bir necha o‘nlab ballistik va kruiz raketalari yo‘q qilingan.