Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil harbiy-havo kuchlari Livandagi qurol omboriga hujum qildi

A A A
Isroil harbiy-havo kuchlari Livandagi qurol omboriga hujum qildi

Isroil harbiy-havo kuchlari shanba kuni Livan janubidagi Adlun hududidagi qurol-yarog‘ omboriga hujum qildi.

Bu haqda Livanning NNA axborot agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, havo hujumi natijasida qurbonlar bor.

Hujum natijasida o‘q-dorilarning kuchli portlashi sodir bo‘ldi. Rasmiylar xavfsizlik nuqtai nazaridan Sayda-Sur trassasida harakatlanishni to‘sib qo‘yishga majbur bo‘ldi.

Ijtimoiy tarmoqlarda portlashlar va portlashlar natijasida yuzaga kelgan yong‘in tasvirlari tarqaldi.

Isroil matbuotiga ko‘ra, hujum Livan bilan chegaradan taxminan 30 kilometr uzoqlikda sodir bo‘lgan.

Kiritildi: 17:28 21.07.2024. O'qildi: 1243 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!