Isroil harbiy-havo kuchlari Tehrondagi Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining Quds kuchlari (elita bo‘linmasi) shtab-kvartirasiga hujum qildi.
Bu haqda Isroil mudofaa kuchlari matbuot xizmati ma’lum qildi.
"Aniq va ishonchli razvedka ma’lumotlariga asoslanib, Isroil armiyasi jangchilari Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining "Quds" kuchlari shtab-kvartirasi va Eron armiyasining qo‘mondonlik markazlariga hujum uyushtirdi", — deyiladi bayonotda.
Armiya matbuot xizmati ushbu shtab-kvartirada "Quds" jangarilari Eron rejimining Yaqin Sharqdagi ishonchli vakillari orqali Isroilga qarshi terrorchilik amaliyotlarini rejalashtirganini qayd etdi.