Bunga HAMASning qurollarni topshirishdan bosh tortayotgani sabab sifatida ko‘rsatilmoqda, deb yozmoqda WSJ.
Nashrning isroillik rasmiylar va BAA vakillariga tayanib yozishicha, Isroil harbiy qo‘mondonligi yangi quruqlik amaliyoti rejalarini ishlab chiqmoqda. Bunga sabab HAMASning qurolsizlanishdan bosh tortishi bo‘lib, bu AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasini amalga oshirishga to‘sqinlik qilmoqda.
Sulh shartlariga ko‘ra, HAMAS qurollarini topshirishi kerak. Guruh og‘ir qurollarning qolgan qismini berishga tayyor, biroq o‘qotar qurollarni topshirishdan bosh tortmoqda.
2025 yil oktyabrda erishilgan sulh ikki yil davom etgan shiddatli janglarga yakun yasadi. Bu janglar davomida 70 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan, G‘azo sektorining katta qismi vayron bo‘lgan.
Hozirda G‘azo sektori bo‘lingan holatda: Isroil hududning yarmidan biroz ko‘prog‘ini nazorat qilmoqda, qolgan qismi esa HAMAS boshqaruvida qolmoqda.