G‘azoda AQSh va Isroil nazorati ostidagi «gumanitar yordam markazlari» orqali yuborilgan un miqyosini o‘z ichiga olgan yordam qoplarida kuchli giyohvand modda — oksikodon aniqlangan.
G‘azo hukumati media-ofisi bu holat uchun Isroilga to‘liq mas’uliyat yukladi va buni «mudhish jinoyat», deb atadi. Bayonotda bu harakat «pallistin jamiyatini ichidan buzish va odamlar orasida qo‘shimcha moddaga bog‘liqlikni tarqatish» maqsadida qilingani ta’kidlandi.
G‘azo rasmiylari, shuningdek, Isroil armiyasini «gumanitar yordam» niqobi ostida bu moddalarni kontrabanda qilish orqali blokadani o‘z manfaatlarida qo‘llashda aybladi. AQSh va Isroil tomonidan boshqarilayotgan yordam markazlari esa «o‘lim tuzog‘i» deb atalib, qattiq qoralandi.