Isroilning G‘azo sektoridagi havo hujumlarida to‘qqiz nafar falastinlik halok bo‘ldi.
Bu haqda Falastin fuqarolik boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma’muriyat ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘chirilganlar uchun chodir lageriga qilingan hujumda to‘rt kishi, Xon Yunusga qilingan hujumda esa yana besh kishi halok bo‘lgan.
Shu bilan birga, Isroil rasmiysi havo hujumlari Falastinning XAMAS harakati tomonidan sulhni buzganidan keyin sodir bo‘lganini aytdi.
G‘azo Sog‘liqni saqlash vazirligining ma’lumotlariga ko‘ra, anklavda sulh boshlanganidan beri Isroil hujumlarida kamida 600 falastinlik halok bo‘lgan.