Isroil armiyasi yaqinda G‘azoga qilingan hujumlarda bir nechta yuqori martabali XAMAS faollari o‘ldirilgani haqida xabar berdi.
Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.
O‘lganlar orasida Al-Qassam brigadasi qo‘mondoni Muhammad Al-Xulidan tashqari, G‘azo markazidagi Falastin Jihodi raketa kuchlari qo‘mondoni Ashraf Muhammad Al-Xatib va Deyr Al-Balahdagi XAMAS batalyonidagi snayper bo‘linmasi qo‘mondoni Said Xolid Al-Rahmon ham bor.
Isroil armiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, yana bir hujumda guruh infratuzilmasini tiklash ishlarida ishtirok etayotgan yana ikki XAMAS faoli halok bo‘lgan. Ularning shaxsi oshkor qilinmagan.