Isroil armiyasi G‘azo shahri g‘arbidagi ash-Shati qochqinlar lagerida joylashgan, BMTning Yaqin Sharqdagi Falastinlik Qochqinlarga Yordam va Ishlar Agentligi (UNRWA) tomonidan boshqariladigan uchta maktabka havo hujumlari uyushtirdi. Hodisa minotaqadagi minglab aholini uylarini tashlab chiqishga majbur qildi.
Guvohlarning aytishicha, As-Sitt Sura, Al-Aliya va Shuxaybir maktablari Isroil havo zarbalariga duch kelgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu maktablarda Isroilning uzluksiz bombardimonlaridan qochgan va shimoldan janubga majburiy ko‘chirilish doirasida shaharni tark etishdan bosh tortgan minglab falastinlik qochqinlar vaqtincha joylashgan edi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Isroil armiyasi maktablardagi aholini telefon orqali hujum haqida oldindan ogohlantirgan va ularni evakuasiya qilishga chaqirgan. Biroq, evakuasiya uchun shaxsiy buyumlarni yig‘ishga yetarli vaqt berilmagan.
Evakuasiya jarayoni davom etayotgan paytdayoq Isroil zarbalarni boshlab yuborgani va ko‘plab falastinliklar hali ko‘chada bo‘lgani aytiladi.
“Anadolu” muxbiri xabariga ko‘ra, Isroil armiyasi shuningdek, An-Nasr mahallasi g‘arbiy qismidagi Al-Fayruz minoralari hududidagi ko‘p qavatli turar joy binolari hamda shahar janubidagi As-Sino ko‘chasidagi uyni ham bombardimon qilgan.
Hozircha halok bo‘lganlar yoki yaralanganlar haqida rasmiy ma’lumot yo‘q.