Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Isroil G‘azodagi shifokorlarga hujum qilinganini tan oldi

Isroil G‘azodagi shifokorlarga hujum qilinganini tan oldi

Isroil mudofaa kuchlari 23 mart kuni G‘azo sektori janubida o‘z qo‘shinlarining ba’zi harakatlari, natijada falastinlik shifokorlarni olib ketayotgan mashinalar o‘qqa tutilgani xato bo‘lganini tan oldi.

Bu haqda Isroil armiyasi hodisa yuzasidan o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra bergan bayonotida ma’lum qilingan.

Hujjatda qayd etilishicha, hodisa xavfli jangovar harakatlar hududida sodir bo‘lgan va Isroil mudofaa kuchlari tartibsiz o‘t ochmagan, balki real tahdidga muvofiq harakat qilgan.

"Kuch qo‘mondoni dastlab tunda ko‘rish imkoniyati cheklangani uchun bu tez yordam mashinalari ekanligini anglamagan”, deb ta’kidlagan Isroil armiyasi va tibbiyot xodimlariga berilgan dastlabki ikki zarba askarlarning noto‘g‘ri ma’lumotlari, uchinchisi esa buyruqni buzish natijasida berilganini qo‘shimcha qildi.

Tekshiruv yakunlariga ko‘ra, batalyon komandirining o‘rinbosari lavozimidan ozod qilinadi va brigada komandiriga tanbeh beriladi.

Isroil armiyasi hodisada begunoh odamlar jabrlanganidan afsusda ekanini bildirdi. Ular tergov natijalaridan kelajakda shunga o‘xshash hodisalarning oldini olish uchun foydalanishga va’da berishdi.

Eslatib o‘tamiz, 18 mart kuni Isroil armiyasi G‘azo sektorida harbiy amaliyotlarni qaytadan boshlab, unga qarshi ommaviy zarbalar berdi va shu tariqa joriy yilning yanvar oyida o‘rnatilgan sulhni to‘xtatdi. Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning idorasi buni XAMASning vositachilar va AQSh prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoffning muzokaralar chog‘ida ilgari surilgan takliflarini rad etishi bilan izohlab, operasiyadan maqsad G‘azoda garovga olingan barchalarni ozod qilish ekanini ta’kidladi.

Kiritildi: 00:01 21.04.2025. O'qildi: 938 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!