Bugun 20 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil G‘azoda "keng ko‘lamli" quruqlik tajovuzini boshladi. 135 kishi halok bo‘ldi

Isroil G‘azoda "keng ko‘lamli" quruqlik tajovuzini boshladi. 135 kishi halok bo‘ldi

Jinoyatchi Isroil qurolli kuchlari "Gideon aravalari" operasiyasi doirasida G‘azoning shimoli va janubida keng ko‘lamli quruqlik tajovuzlarini boshlaganini ma’lum qildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining xabar berishicha, G‘azoning tinimsiz bombardimon qilinishi natijasida kamida 135 falastinlik halok bo‘ldi va G‘azo shimolidagi barcha davlat shifoxonalari ishdan chiqdi.

Isroil zarbalari Qatarda HAMAS bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar qayta boshlanayotgan paytga to‘g‘ri keldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroilning G‘azoga qarshi urushi oqibatida kamida 53 339 falastinlik halok bo‘lgan va 121 034 kishi yaralangan. Hukumat matbuot xizmati vayronalar ostida bedarak yo‘qolgan minglab odamlar halok bo‘lgani taxmin qilinayotganini e’tiborga olib, qurbonlar sonini 61 700 dan ortiq kishiga yetganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 19:54 18.05.2025. O'qildi: 523 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!