Bugun 19 sentyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Isroil G‘azo sektoridan garovga olinganlarni ozod qilishda yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qildi

Isroil G‘azo sektoridan garovga olinganlarni ozod qilishda yordam so‘rab Rossiyaga murojaat qildi



Oldingi oqshom Isroil bosh vazirining harbiy kotibi Roman Xoffman Moskvadan qaytib keldi, deb xabar berdi Benyamin Netanyaxu idorasi. Rossiyada Xoffman odamlarni Hamas asirligidan ozod qilish bo‘yicha «kelishuvdagi taraqqiyot»ni muhokama qildi.

Moskvaga yordam so‘rab murojaat qilish AQSH, Qatar va Misrning XAMAS bilan sulh tuzishga qaratilgan sa’y-harakatlari sekin kechayotgani bilan bog‘liq, dedi Bloomberg'ga Isroil bosh vazirining idorasi.

31 avgust kuni Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektorida garovga olingan olti kishining jasadini topdi. Halok bo‘lganlardan biri 32 yoshli Rossiya fuqarosi Aleksandr Lobanov.

Kiritildi: 14:04 02.09.2024. O'qildi: 1298 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!