Bugun 3 dekabr, 2024 yil, seshanba

КИР

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 423 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 423 kun bo‘ldi

Isroil G‘azo sektorida bosqinchilik va qirg‘inbarot urushini boshlaganiga 423 kun bo‘ldi. 24 soat davomida G‘azo sektori, Iordan daryosining G‘arbiy sohili hamda butun Yaqin Sharq hududida sodir bo‘lgan asosiy voqealar.

▪️Bosqinchilar G‘azoning markazi bo‘lgan Bayt Lahiya hamda Nuseyrat va Jabaliya lagerlariga hujum qildi. Kun davomida 34 kishi halok bo‘ldi. Urush boshlanganidan buyon 44429 kishi shahid bo‘ldi.

▪️G‘azo hukumati: G‘azoda o‘ldirilgan jurnalistlar soni 192 nafarga yetdi.

▪️Sog‘liqni saqlash vazirligi G‘azo: Ko‘plab yaradorlar tibbiy manbalar yetishmasligi sababli ko‘chalarda o‘lmoqda. Kuyishning biz ilgari ko‘rmagan turlari mavjud. Taqiqlangan qurollar qo‘llanilishi natijasida butun tanalar bug‘lanib ketmoqda.

▪️YUNRVA: Karem Abu Shalem nazorat punkti orqali yordam yetkazib berishni to‘xtatdik. G‘azoda davom etayotgan blokada va Isroilning to‘siqlari tufayli gumanitar operasiyani amalga oshirish imkonsiz bo‘lib qoldi.

▪️G‘arbiy Sohilda bosqinchilar 15 nafar falastinlikni, jumladan, bolalar va sobiq mahbuslarni hibsga oldi. Jeninda 4 yosh o‘ldirildi. Nablusda ko‘chmanchilar Yusuf payg‘ambar qabriga bostirib kirishdi.

▪️Xusiylar AQSh harbiy-dengiz kuchlarining esminesi va uchta yuk kemasi: «Stena Impeccable», «Maersk Saratoga» va «Liberty Grace»ga 16 ballistik va qanotli raketalar bilan hujum qilishdi, shuningdek, Tel-Avivda raketalar zarbini uchirdilar.

▪️Bosqinchilar Livan janubidagi Naqura shahridagi uylarga pulemyotlardan o‘t ochdi. Fransiya Isroilni o‘t ochishni to‘xtatish tartibini 52 marta buzganlikda aybladi.

▪️Human Rights Watch xalqaro sudga a’zo davlatlarni Netanyaxu va Galantga qarshi hibsga olish orderlari tufayli tribunalga qarshi tahdidlarga javob berishga chaqiradi.

Kiritildi: 22:00 02.12.2024. O'qildi: 254 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!