Isroil besh davlat rasmiylari bilan katta miqdorda tovon puli evaziga G‘azo aholisini ko‘chirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda isroillik yuqori martabali amaldorga tayanib, CNN telekanali xabar berdi.
"Muzokaralarda Janubiy Sudan, Somaliland (tan olinmagan respublika), Efiopiya, Liviya va Indoneziya ishtirok etmoqda", — dedi telekanal manbasi.
Isroil rasmiysining ta’kidlashicha, G‘azoning ikki milliondan ortiq aholisining bir qismini qabul qilish evaziga bu davlatlar "katta moliyaviy va xalqaro tovon" olishga intilmoqda.
CNN ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha bu muzokaralar qaysi bosqichda ekanligi va ular biror natijaga olib keladimi yoki yo‘qmi, hozircha noma’lum.
Bundan oldin Financial Times gazetasi Boston Consulting Group konsalting kompaniyasi xodimlari falastinliklarni G‘azo sektoridan Somali va Somalilandga ko‘chirish modelini ishlab chiqqani haqida yozgan edi. Nashrning xabar berishicha, isroillik ishbilarmonlarning iltimosiga ko‘ra, ko‘chirish uchun potensial yo‘nalishlar ishlab chiqilgan. Hujjatda xalqaro hamjamiyat tomonidan tan olinmagan Somali va Somaliland, shuningdek, BAA, Misr va Iordaniya tilga olingan.
Fevral oyida AQSh prezidenti Donald Tramp G‘azo sektori falastinliklarni qo‘shni davlatlarga ko‘chirib o‘tkazgandan so‘ng, nazoratni o‘z qo‘liga olish niyatida ekanligini ma’lum qilgan edi. Amerika rahbari mintaqani qayta tiklash va ish o‘rinlari yaratish uchun AQSh javobgar bo‘lishini va’da qildi.