Bugun 15 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Isroil fuqarosi Eron foydasiga josuslik qilishda gumon qilinib hibsga olindi

Isroil fuqarosi Eron foydasiga josuslik qilishda gumon qilinib hibsga olindi

Isroil xavfsizlik xodimlari Eron razvedka idoralari bilan hamkorlik qilganlikda gumon qilingan mahalliy aholini hibsga olib, so‘roq qilishdi.

Bu haqda Isroil polisiyasi matbuot xizmati tegishli bayonot berdi.

"Eron razvedkasi bilan aloqada gumon qilingan Isroil fuqarosi yuqori lavozimli amaldor haqida maxfiy ma’lumotlarni to‘plagani uchun hibsga olindi. Fares Abu al-Hijja so‘nggi haftalarda polisiya va Bosh xavfsizlik xizmati tomonidan muvofiqlashtirilgan operasiya davomida hibsga olingan. So‘roq natijasida gumondor xorijiy agent bilan aloqada bo‘lganligi, agent Eron razvedka xizmatlari manfaatlarini ko‘zlab ish tutganini bilgani aniqlandi. U Isroil davlati xavfsizligiga zarar yetkazish maqsadida razvedka ma’lumotlarini to‘plash kabi bir qator vazifalarni bajargani uchun pul kompensasiyasi olgan. Chet ellik ish yurituvchi Eron razvedka xodimi sifatida aniqlangan", deyiladi polisiya bayonotida.

Huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari ta’kidlashicha, gumondor "yuqori lavozimli amaldor haqida ma’lumot to‘plash vazifasini bajarayotganda qo‘lga olingan". Matbuot xizmatining qo‘shimcha qilishicha, tergov tugagandan so‘ng, hibsga olingan shaxsga 16 fevral kuni rasman ayblov qo‘yildi.

Kiritildi: 14:40 16.02.2026. O'qildi: 1032 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!