Bugun 30 may, 2025 yil, juma

КИР

Isroil Falastindagi o‘nlab uylarni buzishni boshladi

 Isroil Falastindagi o‘nlab uylarni buzishni boshladi

Isroil armiyasi seshanba kuni bosib olingan Falastinning g‘arbiy sohilidagi Tulkarm shahri yaqinidagi qochqinlar lagerlarida 90 ga yaqin uyni buzishni boshladi.

Mahalliy matbuotning yozishicha, binolar vayron bo‘lishidan oldin falastinliklarga o‘z narsalarini yig‘ish uchun ikki soat vaqt berilgan. Isroilning bosib olingan Falastin hududlaridagi muvofiqlashtirish boshqarmasi bugun 15 ta uyni buzishni rejalashtirganini bildirdi.

❕ Bu Isroilning G‘arbiy Sohilda uch oylik davom etayotgan harbiy kampaniyasi doirasida Tulkarm hududidagi falastinliklarning uylarini buzishning birinchi yirik to‘lqinidir. Falastin manbalariga ko‘ra, Isroil harbiylarining harakatlari tufayli ikki lagerda 25 mingga yaqin odam uyini tark etishga majbur bo‘lgan.

Kiritildi: 12:41 07.05.2025. O'qildi: 499 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!