Isroil Falastin davlatini tan olish qarori tufayli Ispaniya, Norvegiya va Irlandiyaga nisbatan diplomatik choralar ko‘rish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda CNN manbaga tayanib xabar bermoqda.
Qadamlar orasida Isroilga rasmiy tashriflarni bekor qilish va diplomatlarning G‘arbiy Sohilga tashrif buyurishini cheklash kiradi. Qayd etilishicha, yahudiy davlati AQShdan boshqa davlatlarni Madrid, Oslo va Norvegiyadan o‘rnak olmaslikka ko‘ndirishda yordam so‘ragan.
Norvegiya, Irlandiya va Ispaniya 22 may kuni Falastin davlatini tan olishini rasman e’lon qildi.