15 iyun kuni ertalab Isroil harbiy-havo kuchlari Eronning Kermonshoh shahridagi Imom Hasan harbiy bazasiga hujum qildi. Bu haqda Tasnim nashri xabar bermoqda.
"Kermonshohdagi Imom Hasan harbiy bazasiga qilingan hujumdan so‘ng kazarmada portlashlar sodir bo‘ldi. Hozir u yerdan kuchli tutun kelib, butun hududni qamrab olgan", - deya xabar berdi agentlik muxbiri.
Bundan tashqari, Tasnim agentligiga ko‘ra, Isroil Eron g‘arbidagi Shtirin shahridagi nishonlarga hujum qilgan.