Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Eronga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Isroil Eronga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqidagi xabarlarni rad etdi

Isroil Tashqi ishlar vaziri AQShning salbiy munosabatiga qaramay, Eronga zarba berishga tayyorgarlik ko‘rilgani haqidagi xabarlarni rad etdi.

"Men Isroilning harbiy-siyosiy hukumati a’zosiman, barcha yopiq uchrashuvlarda qatnashaman va bunday qarorga kelinganini eslay olmayman. Ammo Isroil Eronga yadro qurolini qo‘lga kiritishga yo‘l qo‘ymaslik maqsadiga sodiqdir. Agar bu maqsad diplomatik yo‘l bilan amalga oshsa, bu biz uchun ham maqbul hisoblanadi", — deya ta’kidladi Isroil tashqi ishlar vaziri Gideon Saar The Daily Telegraph'ga bergan intervyusida.

Avvalroq Reuters agentligi va The New York Times nashri manbalariga tayanib, Isroil mudofaa kuchlari (SAXAL) Eronning yadro ob’ektlariga zarba berishga tayyorlanayotgani haqida xabar qilgan edi. Ular, shuningdek, Qo‘shma Shtatlar bu qadamni qo‘llab-quvvatlamasligini bildirganini qayd etishgandi.

Shu bilan birga, 19 aprel kuni Rimda AQSh va Eron o‘rtasidagi Tehronning yadroviy dasturi yuzasidan bilvosita muzokaralarning ikkinchi bosqichi yakunlandi. Tomonlar muzokaralarni 26 aprel kuni davom ettirishga kelishib olishdi. Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi muzokaralar yaxshi davom etayotganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 17:25 20.04.2025. O'qildi: 685 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!