Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil maxsus xizmatlari agentlari bir necha yillar davomida Eron hududidagi o‘z tarmoqlari orqali Eron yadroviy dasturining rivojlanishini kuzatib borgan.
"Isroil maxsus xizmatlari Tehron va Isfahondagi uchta ob’ektda uranni boyitish uchun sentrifuga ishlab chiqarish joylarini aniqlashga va Natanzdagi ob’ekt haqida batafsil ma’lumot olishga muvaffaq bo‘lgan. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, 2024 yil oxiriga kelib Eron “tadqiqot” bosqichidan “yadro quroli yaratish” bosqichiga o‘tgan.