Bugun 19 avgust, 2025 yil, seshanba

КИР

Isroil Eronga qarshi 12 kunlik urushda xato hisob-kitob qildi

Isroil Eronga qarshi 12 kunlik urushda xato hisob-kitob qildi

Islom Inqilobi Qo‘riqlash Korpusi (IKKQ) qo‘mondon o‘rinbosari Ali Fadaviyning ta’kidlashicha, Isroil rejimi Eronga qarshi olib borilgan 12 kunlik urushda jiddiy hisob-kitob xatosiga yo‘l qo‘ydi.

«Sionist dushman va AQSh butun quvvati bilan urushga kirdi, ular o‘zlarini g‘alaba qilamiz deb ishonishgan, ammo natija ular kutgandek bo‘lmadi», — dedi brigadir general Fadaviy, Press TVga ko‘ra.

Uning aytishicha, urushning dastlabki kunlarida mintaqaviy rahbarlar va Isroil tajovuzkorlari o‘rtasida aloqalar bo‘lgan, bir necha kundan so‘ng esa «vaziyat biz tomonga burildi».

«Agar bu yo‘nalish davom etsa, dushman o‘z xatolarining og‘ir oqibatini yaqin orada anglaydi», — deya ogohlantirdi general.

Fadaviy qo‘shimcha qildi, Eronning Iroq osmoni orqali uchgan va Isroil rejimi muhim nuqtalarini nishonga olgan raketalari 12 kunlik urushdagi g‘alabalarning dalilidir.

Shuningdek, u 1979 yilgi Inqilobdan beri AQSh boshchiligidagi g‘arb davlatlarining Eron Islom Respublikasiga qarshi dushmanligi kundalik ravishda davom etib kelayotganini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun: 2025 yil 22 iyunda AQSh harbiy-havo va dengiz kuchlari Isroilga bosimni yengillashtirish maqsadida Eronning uchta yadro inshootiga aviahujum uyushtirgan edi.

Bir kun o‘tib, 23 iyunda, Eron qo‘shinlari «G‘alaba xushxabarlari amaliyoti» kod nomi ostida Qatardagi AQSh bazasiga 30 dan ortiq dron va raketa bilan javob zarbasini berdi. Natijada baza infratuzilmasining bir nechta qismiga zarar yetdi.

Nihoyat, 24 iyunda Eron Qurolli Kuchlari qo‘lidan katta yo‘qotishlarga uchragan Isroil rejimi va AQSh otishmalarni to‘xtatishga rozi bo‘lishdi.

Kiritildi: 22:32 18.08.2025. O'qildi: 2138 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!