Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon ushbu xabarni tasdiqladi.
Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats Eron razvedka vaziri Ismoil Xatib hujum oqibatida halok bo‘lganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur zarba davom etayotgan harbiy operasiyalarning bir qismi bo‘lgan. Biroq voqea qaysi hududda va qachon sodir bo‘lgani haqida batafsil ma’lumot berilmagan.
Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon mamlakat razvedka xizmati rahbari Ismoil Xatib halok bo‘lganini tasdiqladi.
Avvalroq Eron rasmiylari Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi kotibi Ali Larijoniyning halok bo‘lganini ham rasman ma’lum qilgan edi.