Bugun tunda Eron Isroil janubidagi Dimona va Arad shaharlariga raketa zarbalari berdi. Ayrim raketalar havo hujumidan mudofaa tizimlari tomonidan tutib qolinmagan. Aradga berilgan zarba bir nechta binolarning jiddiy shikastlanishiga olib keldi.
Isroil rasmiylari ma’lumotiga ko‘ra, hujumlar natijasida Aradda 84 kishi, Dimonada 78 kishi jarohatlangan. Ushbu
ikki shahar Negevdagi yadroviy tadqiqot markaziga yaqin joylashgan.
Eron davlat televideniyesi bu zarbalar shanba kuni Natanzdagi Eron yadro ob’ektiga qilingan hujumga javob bo‘lganini ma’lum qildi.
MAGATE Natanzga zarbadan keyin “radiasiya darajasining oshishi qayd etilmaganini” bildirgan. Shuningdek, Isroil yadro tadqiqot markaziga ham zarar yetgani qayd etilmagan.