Bugun 10 iyul, 2025 yil, payshanba

КИР

Isroil elchisi O‘zbekistondagi to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlamoqda

A A A
Isroil elchisi O‘zbekistondagi to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlamoqda

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Isroilning mamlakatimizdagi elchisi sifatidagi diplomatik missiyasini yakunlayotgan Zehavit Ben Hillelni qabul qildi.

"Mamlakatimizda to‘rt yillik diplomatik missiyasini yakunlayotgan Isroilning O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Zehavit Ben Hillel xonimni qabul qildik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram kanalida. – Elchi xonimga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz".

Zehavit Ben Hillel 2020 yildan buyon Isroilning Toshkentdagi elchixonasini boshqarib kelmoqda. 18 iyul kuni elchini O‘zbekiston Prezidentining yordamchisi Saida Mirziyoyeva qabul qildi.

Kiritildi: 18:31 23.07.2024. O'qildi: 1646 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!