Isroilning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Xaim Regev Politico nashriga bergan intervyusida Yevropa davlatlari G‘azo sektoridagi inson huquqlari masalasi bo‘yicha Isroilga bosim o‘tkazishdan voz kechishi kerakligini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday choralar YEIning Yaqin Sharqdagi nufuzini yo‘qotishiga olib keladi.
Regev Irlandiya, Niderlandiya, Ispaniya va Sloveniya kabi davlatlarni Isroilga qarshi keskin tanqidi uchun qoralab, Fransiya, Germaniya va Britaniya yetakchilariga ularning bayonotlari HAMAS va antisemit kuchlarga yordam berayotganini aytdi.
U, YEIning Horizon Europe ilmiy-tadqiqot dasturida Isroil ishtirokini to‘xtatish yoki savdo aloqalarini cheklash g‘oyasiga qarshi chiqdi. Regevning ta’kidlashicha, urush uzoqqa cho‘zilgan sari Isroilga dastlabki qo‘llab-quvvatlash pasaygan, shu bois ikki tomon munosabatlari «burilush nuqtasi»da turibdi.
Elchi Yevropa jamiyatida antisemitizm kuchayganini va «Evropada yahudiy bo‘lish xavfli» bo‘lib qolganini ta’kidladi. Uning fikricha, G‘azo haqidagi tanqid ayrim hollarda yahudiylarga qarshi hujumlarni oqlaydi va qo‘zg‘aydi.