Isroil Damashqning aholi zich joylashgan Eron elchixonasi yaqinidagi ko‘p qavatli turar-joy binosiga havo hujumini uyushtirdi.
Isroil OAVlarining xabar qilishicha, hujum natijasida Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining yuqori martabali a’zosi yo‘q qilingan.
"Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum oqibatida kamida to‘rt kishi halok bo‘lgan va bir necha kishi yaralangan", deya xabar bermoqda Al Hadath telekanali.