Isroil AQShning 11 nafar asirni ozod qilishni o‘z ichiga olgan taklifi asosida HAMAS bilan G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralarni qayta boshlashga tayyor ekanligini bildirmoqda.
AQShning Yaqin Sharqdagi elchisi Stiv Vitkoff o‘zi "ko‘prik taklifi" deb atagan rejani taqdim etdi. Bu taklif kelishuvning birinchi bosqichini aprel oyining o‘rtalarigacha uzaytiradi, uning aytishicha, bu doimiy o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib borish uchun imkoniyat yaratadi.
Isroil muddatni uzaytirishni talab qilmoqda, ammo HAMAS yanvar oyida kelishilganidek, o‘t ochishni to‘xtatishning ikkinchi bosqichini amalga oshirish bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishni istayapti. Bu esa oxir-oqibat urushning butunlay tugashiga olib kelishi mumkin.
HAMAS Isroilni G‘azoga to‘liq qamal o‘rnatgani uchun "shantaj" qilishda aybladi.