Bugun 16 fevral, 2026 yil, dushanba

КИР

Isroil bosh vaziri uchta shart bajarilsagina Eron bilan kelishuv tuzishini ma’lum qildi

Isroil bosh vaziri uchta shart bajarilsagina Eron bilan kelishuv tuzishini ma’lum qildi

Binyamin Netanyahuning aytishicha, Tehron uranni mamlakatdan to‘liq olib chiqarishi va uni boyitishga mo‘ljallangan barcha qurilmalarni demontaj qilishi lozim.

Bundan tashqari, Eron o‘z raketalari Isroil hududiga yetib bora olmasligi uchun ularning harakatlanish radiusini 300 kilometrgacha cheklashi kerak.

Yana bir talab sifatida Isroil "terror o‘qi" deb ataydigan, mintaqadagi Eron tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan qurolli guruhlarni tugatish qo‘yilgan.

Avvalroq Tramp Eron bilan muzokaralarni davom ettirish tarafdori ekanini ma’lum qilgandi.

Shu bilan birga, G‘arb davlatlari ommaviy axborot vositalari Eronga qarshi harbiy operasiyalar tayyorlanayotgani haqida yozmoqda.

Kiritildi: Bugun 16:43. O'qildi: 331 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!