Oq uy Isroil bilan Eronning Isroil hududiga qilgan keng ko‘lamli raketa hujumiga javobni muhokama qilmoqda, deb ma’lum qildi AQSh Prezidenti Jo Bayden.
Bayden uning jamoasi Eron hujumi davomida Isroil hamkasblari bilan aloqada bo‘lganini va hujumning AQSh hamda Isroilning harbiy imkoniyatlari tufayli "barbod bo‘lganini" ta’kidladi. Ilgari Isroil Mudofaa armiyasi vakili Daniel Hagari Eronning aksariyat raketalari Isroil, AQSh va boshqa nomi oshkor etilmagan ittifoqchi davlatlar tomonidan urib tushirilganini bildirgan edi.
Bu orada, Axios nashri Isroil rasmiylariga tayanib, Tel-Aviv bir necha kun ichida "jiddiy javob zarbasi" berishini, bu zarba Eronning neft qazib olish korxonalari va boshqa strategik ob’ektlariga qaratilishi mumkinligini yozmoqda. Shu bilan birga, Tehron AQShni bu mojaroga aralashmaslikka chaqirdi, deb xabar berdi Tasnim axborot agentligi Yeron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi so‘zlariga tayanib.
BMT Xavfsizlik Kengashi bugun Nyu-Yorkda Yaqin Sharq bo‘yicha favqulodda yig‘ilish o‘tkazadi.