Jibuti Respublikasi Falastin mustaqil davlatga aylangandan keyingina Isroil bilan munosabatlarni normallashtirish uchun Avraam kelishuvlariga qo‘shilishi mumkin. Bu haqda Afrika davlati prezidenti Ismoil Umar Gelle Jeune Afrique jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Jibuti Arab davlatlari ligasi a’zosi sifatida Avraam shartnomalariga qo‘shilishga tayyormi, degan savolga Gelle salbiy javob berdi. Uning qo‘shimcha qilishicha, bu pozisiya "falastin xalqi yashovchan va tan olingan davlatda erkin yashamaguncha" o‘zgarmaydi. Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mustaqil Falastinni yaratish - bu "minimum vazifa."
Jibuti rahbarining fikricha, Isroilning G‘azo sektoridagi operasiyasiga javob va arab davlatlari rahbarlarining bu boradagi sukut saqlashi Yamanning "Ansor Alloh" harakati husiychilarining Isroil hududiga raketa zarbalari bo‘ldi. Gellening fikricha, Isroil va AQShning javob bombardimonlari husiylarni to‘xtata olmaydi. Shu bilan birga, prezident Qizil dengizda operasiya o‘tkazish uchun AQSh Jibutidagi bazadan foydalanishi mumkinligini tan oldi.