Bugun 22 mart, 2025 yil, shanba

КИР

Isroil armiyasining sobiq generali: Isroil istilosi "barcha gunohlarning ildizi"

Isroil armiyasining sobiq generali: Isroil istilosi "barcha gunohlarning ildizi"

Isroil armiyasining shimoliy mintaqa sobiq qo‘mondoni Amiram Levin Falastin mojarosi "hal etilishi shart va uni to‘xtatib bo‘lmasligini" aytdi.

Levin Isroilning "Maariv" nashriyotiga bergan intervyusida, Falastin masalasini hal qilmasdan turib, "saudiyaliklar yoki livanliklar bilan jiddiy munosabatlar o‘rnatib bo‘lmasligini" ta’kidladi.

"Isroil istilosining davom etishi barcha gunohlarning ildizi," - dedi u. "Tinchlikka erishish qiyin va biz bosqinchilikni kamaytirishimiz hamda 1967 yilgi chegaralarga qaytmasdan, yahudiy ko‘pchiligini saqlab qoladigan chegaralarni belgilashimiz kerak."

Levin, shuningdek, ma’lum hududlardan voz kechish Isroilning manfaatlariga mos kelishini ta’kidladi.

"Ko‘p sonli falastinliklar yashaydigan katta hududlardan qutulish bizning manfaatlarimizga mos keladi. Bu ular uchun emas, balki biz uchun foydali."

Kiritildi: 22:12 13.03.2025. O'qildi: 1211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!