Isroil armiyasi Livan janubida davom etayotgan janglarda olti askar halok bo‘lgani haqida xabar berdi.
Bu haqda armiya matbuot xizmati ma’lum qildi.
Departament ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yil 7 oktyabrda Yaqin Sharqdagi mojaroning yangi bosqichi boshlanganidan beri jami halok bo‘lgan harbiylar soni 792 nafarga yetgan.
Eslatib o‘tamiz, Isroil 23 sentyabr kuni Livandagi “Hizbulloh” tuzilmalariga qarshi “Shimolning o‘qlari” operasiyasini boshlagan va bu operasiya davomida tashkilotning harbiy nishonlariga katta zarbalar bermoqda. 1 oktyabrga o‘tar kechasi Isroil armiyasi Livan janubidagi chegara hududlarida quruqlikdagi operasiya boshlanganini e’lon qildi.