Bugun 31 may, 2026 yil, yakshanba

КИР

Isroil armiyasi "Hizbulloh" artilleriya shtab-kvartirasi yo‘q qildi

Isroil armiyasi "Hizbulloh" artilleriya shtab-kvartirasi yo‘q qildi

Isroil Mudofaa Kuchlari Livandagi "Hizbulloh" artilleriya shtab-kvartirasini vayron qildi.

Bu haqda Isroil armiyasi matbuot xizmati e’lon qildi.

"Isroil armisi Livan janubidagi Shmaeli hududidagi "Hizbulloh" artilleriya shtab-kvartirasiga hujum qilib, uni vayron qildi. Hujumdan so‘ng, bino ichida qurol borligini ko‘rsatuvchi ikkilamchi portlashlar aniqlandi. Hujum guruh terrorchilarining hududda ekanligi haqida xabar berilgandan so‘ng amalga oshirildi", deyiladi bayonotda.

Bugun Isroil armiyasi shuningdek, Livandan Isroil tomon raketalar otilganini xabar qildi, ularning ba’zilari ushlandi, boshqalari esa zarar yetkazmasdan ochiq joylarga quladi.

Isroil, ayniqsa, Isroil shimolida "Hizbulloh" hujumlarining kuchayishiga tayyorgarlik ko‘rayotganini ta’kidladi.

"Isroil Mudofaa Kuchlari Livan janubida operasiyalarining kengayishi ortidan, vaziyatni baholashga muvofiq, Livan hududidan, ayniqsa, mamlakatning shimoliy mintaqasida mumkin bo‘lgan hujumlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda", deyiladi bayonotda.

Kiritildi: Bugun 08:46. O'qildi: 248 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!